Sahle-Work Zewde




Sahle-Work Zewde (1950-yil 21-fevralda tugʻilgan) — efiopiyalik siyosatchi va diplomat, 2018-yildan beri Efiopiya prezidenti lavozimini egallagan birinchi ayol.U 2018-yil 25-oktabrda Federal Parlament Assambleyasi aʼzolari tomonidan bir ovozdan prezident etib saylangan.

Amerikaning biznes jurnali Forbes oʻzining "Forbes dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli roʻyxati" yillik nashrida Sahle-Workni 96-oʻringa qoʻydi va bu roʻyxatda Sahle-Work eng yuqori oʻrindagi afrikalik ayol hisoblanadi.

Yoshligi va dastlabki taʼlimi



Sahle-Work Addis-Abebada tugʻilgan.U Addis-Abebadagi Guebre-Mariam litseyida boshlangʻich va oʻrta taʼlimni olgan, soʻngra Fransiyaning Monpelye Universitetida tabiiy fanlarni oʻrgangan.U amxar,fransuz va ingliz tillarini yaxshi biladi.

Faoliyati



Diplomatik faoliyati



Sahle-Work Efiopiya tarixida elchi etib tayinlangan ikkinchi ayol edi (elchi Yodit Emiru elchi lavozimini egallagan birinchi ayol edi).U kommunistik Efiopiya Xalq Demokratik Respublikasining ham, fuqarolar urushidan keyingi Efiopiya o‘tish davri hukumatining ham elchisi bo‘lib ishlagan.Sahle-Work 1989-yildan 1993-yilgacha Mali, Kabo-Verde, Gvineya-Bisau, Gambiya,Gvineya va Senegalda elchi boʻlib ishlagan.1993-yildan 2002-yilgacha u Jibutidagi elchi va Taraqqiyot boʻyicha hukumatlararo organda (IGAD) doimiy vakil sifatida faoliyat olib borgan.Keyinchalik u Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO)da doimiy vakil boʻlib ishlagan.Shundan soʻng Sahle-Work boshqa yuqori darajadagi lavozimlarni egallagan, jumladan Efiopiyaning Afrika Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika Iqtisodiy Komissiyasi (ECA)dagi doimiy vakili va Efiopiya Tashqi ishlar vazirligida Afrika ishlari boʻyicha Bosh direktori.

Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi faoliyati



2011-yilgacha Sahle-Work Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning maxsus vakili va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Afrika Respublikasida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha integratsiyalashgan idorasi (BINUCA) rahbari lavozimlarida ishlagan.

2011-yilda Pan Gi Mun Sahle-Workni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nayrobidagi bo‘limi (UNON) bosh direktori etib tayinladi.2018-yil iyun oyida BMT Bosh kotib Antoniu Guterrish Sahle-Workni Afrika Ittifoqidagi maxsus vakili va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika Ittifoqidagi (UNOAU) boʻlimi rahbari etib tayinladi.U bu lavozimni egallagan birinchi ayol edi.

Efiopiya Prezidenti



Sahle-Work 2018-yil 25-oktabrda Efiopiya prezidenti etib tayinlandi.U noaniq sharoitlarda isteʼfoga chiqqan Mulatu Teshome oʻrnini egalladi.Sahle-Workning saylanishi uni Efiopiyaning imperator Zevditudan keyingi birinchi ayol davlat rahbariga aylantirdi. 2021-yil holatiga koʻra, u Tanzaniya Davlat rahbari Samiya Suluxu bilan birga Afrikada xizmat qilayotgan ikki ayol davlat rahbarlaridan biridir.

2020-yil 25-mart kuni Sahle-Work Twitter ijtimoiy sahifasida Efiopiyada COVID-19 pandemiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida 4000 dan ortiq mahbuslarni afv etganini eʼlon qildi.

Yana qarang




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz