Sahil Panwar
Sahil Panwar (1999-yil, 16-dekabrda tugʻilgan) — professional hind futbolchisi, Hindiston Superligasining „Odisha“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Uttarakxandning Dehradun shahrida tugʻilgan Panwar Pune klubi tomonidan Maharana Pratap sport kollejida 2014-yilda Subroto kubogi musobaqasida oʻynab yurganida kashf etilgan. Pune FC akademiyasida Panwar 18 yoshgacha boʻlgan jamoaga sardorlik qilgan.
Pune City
Pune FC akademiyasidan soʻng, u Hindiston Superligasining Pune City jamoasining akademiyasiga kelib qoʻshildi. Akademiyada qisqa muddatli faoliyatidan soʻng, Panwar 2017-yil dekabr oyida asosiy jamoaga koʻtarildi. U 2018-yilning 13-yanvarida Chennaiyin klubiga qarshi oʻyinda klub safidagi professional debyuti oʻtkazdi. U Pune City klubi 1:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Hyderabad
Pune City FC klubi tarqatib yuborilgach, Sahil Panwar yangi tashkil etilgan Hyderabad FC franchayzasiga qoʻshildi.
Odisha
2021-yil, 14-mayda Sahil Panwar Odisha FK klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi, Odisha klubi Hyderabad FK klubiga nomaʼlum transfer narxini toʻlashga rozi boʻldi.
Xalqaro faoliyati
Panwar Hindistonni 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasini himoya qilgan va 2017-yilgi SAFF U-18 chempionatida jamoa sardori boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
2018-yil, 22-aprel holatiga ko'ra[9]
Manbalar
uz.wikipedia.org