Sahifa Hammom ibn Munabbih




Sahifa Hammom ibn Munabbih “ (arabcha: صحيفة همام بن منبه – Hammom ibn Munabbih sahifasi) islom olimi Hammom ibn Munabbih (vaf. 101 hijriy/719 yoki 130/ 748) tomonidan tuzilgan hadislar toʻplamidir. Ushbu asar oʻz yo‘nalishidagi eng qadimgi saqlanib qolgan manbalardan biri sifatida tilga olinadi.

Tavsif



Ushbu asar hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimiy hadislar toʻplami boʻlib, u turli qoʻlyozma toʻplamlarda mavjud va bosma nusxalari keng tarqalgan. Asar birinchi marta XX asrda Muhammad Hamidulloh tomonidan tadqiq qilinib, nashr etilgan. Ushbu nashr “Sahifa Hammom ibn Munabbih”ning ikkita qoʻlyozma nusxalarining jamlanmasi boʻlib, ulardan biri Damashqdagi kutubxonadan, ikkinchisi Berlindagi kutubxonadan topilgan. Toʻplamda 140 ga yaqin hadis mavjud boʻlib, ularning barchasida isnod (roviylar zanjiri) bor: Paygʻambar (s.a.v.) → Abu Hurayra → Hammom → Ma’mar → Abdurrazzoq

Hammom ibn Munabbih Abu Hurayraning shogirdi boʻlib, u mazkur sahifa oʻz ichiga olgan rivoyatlarni “Abu Hurayra bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan”, degan shaklda keltirgan. “Sahifa”dagi hadislar “Musnadi Ahmad”ga toʻliq kiritilgan.

Matnning asl qoʻlyozmasi yoʻqolgan, ammo matn ikkinchi darajali nusxalar orqali saqlanib qolgan.

Muallifi



Aksariyat musulmon ulamolari va baʼzi gʻarb sharqshunoslari sahifaning Ibn Munabbihga nisbat berilishini tasdiqlashsa-da, G.H.A. Juynboll uni Abdurrazzoq yozgan, deb taʼkidlaydi.

Nashrlari



1. Sahifa Hammom ibn Munabbih. 1-nashr // Rifʼat Favzi Abdulmutallib tomonidan tahrirlangan. Qohira: Maktabat al-Xonji. 1985-yil.
2. Muhammad Hamidulloh. Sahifa Hammom ibn Munabbih: hadis boʻyicha eng qadimgi asar. Tarj: Muhammad Rahimuddin, Islom madaniyati markazi (Parij, Fransiya). 1979-yil.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz