Saharon Shelah




Saharon Shelah (ivritcha: שהרן שלח) (1945-yil 3-iyulda tugʻilgan) — isroillik matematik. Quddusdagi Yahudiy universiteti va New Jerseydagi Rutgers universitetida matematika professori. Shelah matematik mantiq, model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Biografiyasi



Shelah 1945-yil 3-iyulda Quddusda tugʻilgan. Taniqli isroillik shoir va siyosatchi Yonatan Ratoshning oʻgʻli.

Faoliyati



Shelah 1969-yilda Yahudiy universitetidan barqaror nazariyalar boʻyicha ilmiy ishi uchun PhD darajasini olgan. 1969–1970-yillarda Princeton universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1970–1971-yillarda esa Los Angelesdagi California universitetida assistent boʻlib ishlagan. 1974-yilda Yahudiy universitetida professor etib tayinlangan va hozirgi kunga qadar shu lavozimni egallab kelmoqda. Shelah, shuningdek, quyidagi universitetlarda mehmon leksiyachi boʻlib ishlagan Wisconsin universiteti (1977–1978), California universiteti, Berkeley (1978 va 1982), Michigan universiteti (1984–1985), Simon Fraser universiteti (1985) va New Jerseydagi Rutgers universiteti (1985). 1986-yildan beri Rutgers universitetida faxriy mehmon professor lavozimida faoliyat yuritib keladi.

Akademik karyerasi



Shelah model nazariyasida sinflash nazariyasini ishlab chiqqan. Natijada Morley masalasini yechishga muvaffaq boʻlgan. Olim, shuningdek, Arrow nazariyasini saylov tizimlariga tatbiq qilgan. Shelah oʻz ilmiy ishlari bilan model nazariyasi va toʻplamlar nazariyasi sohalari rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz