Sahar (guruh)
„
Sahar “ — Oʻzbekistonda tuzilgan, hozirgi kunda asosan Qozogʻistonda faoliyat koʻrsatuvchi pop-rok musiqiy guruh. Guruh 2000-yillarning boshlarida Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Ayni damda „Sahar“ guruhining toʻrt aʼzosi bor: Anvar Joʻrayev (vokal), Damir Kudyakov (bas gitara), Azim Abdullayev (klavishli musiqa cholgʻulari) va Kirill Ivanov (barabanlar).
Shu kungacha guruh uch albom chiqargan: „Oʻsha sizmi?“ (2001), „Orzu“ (2003) hamda „Albom №3“ (2009).
2004-yil „Sahar“ Qozogʻistonning Olmaota shahrida ijod qila boshladi. Buning natijasida guruh oʻzbek tinglovchilari nazaridan uzoqlashdi. Saharning „Yomgʻir“, „Fasl“ kabi qoʻshiqlari hali ham oʻzbek rock ishqibozlari orasida mashhur.
Tarixi
„Sahar“ guruhiga 1999-yil Anvar Joʻrayev asos solgan. 2001-yil guruh oʻzining ilk studiyaviy albomi – „Oʻsha sizmi?“ albomini chiqargan. 2003-yil guruhning ikkinchi albomi, yaʼni „Orzu“ albomi eʼlon qilingan.
2004-yil guruh Qozogʻistonning Olmaota shahriga koʻchib oʻtdi. 2009-yil „Sahar“ning uchinchi albommi – „Albom №3“ sotuvga chiqariladi. Guruhning ilk ikki albomiga asosan oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar kiritilgan boʻlsa, uchinchi albom asosan rus tilidagi ashulalardan iboratdir.
Mukofotlari
2002-yil „Sahar“ guruhi zamonaviy estrada janrida faoliyat koʻrsatuvchi eng yaxshi guruh deb topilib, „Tarona“ mukofotini olgan. Oʻsha yili guruh Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼat rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun „Nihol“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tarkibi
Diskografiyasi
Kliplari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org