Sahand Stadioni




Sahand Stadioni (fors ورزشگاه سهند) — Eronning Tabriz shahridagi koʻp maqsadli stadion. Hozirda u asosan futbol oʻyinlari uchun ishlatiladi. Ushbu stadion mahalliy „Traktor Sozi“ va „Gostaresh Fulad“ futbol klublari uy stadionidir. 1996-yilda qurilgan boʻlib, sigʻimi 66 833 kishiga moʻljallangan. Sahand Tabriz stadioni Tabriz Olimpiya shaharchasi tarkibiga kiradi.

Tarixi




Sahand Stadioni 1989-yildan boshlab qurila boshlangan va 1996-yilda qurib bitkazilgan. Stadion 1996-yilning 19-yanvar kuni tantanali ravishda ochilgan, ochilish marosimida Eronning oʻsha paytdagi prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoni ham ishtirok etgan.

Xalqaro oʻyinlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz