Sagovniksimonlar
Sagovniksimonlar , sikada simonlar (Cycadopsida) — ochiq urugʻli oʻsimliklar sinfi. Tanasi tugunaksimon yoki turpsimon, baʼzilariniki ustunsimon; boʻyi 18–20 m. Tanasining yuqori qismida qirqquloqsimon, patsimon qattiqbarg (uz. 3 m gacha) bogʻlamlari bor. Bargi 1—2 yildan keyin toʻkiladi. S. ikki uyli, megasporalar va mikrosporalardan koʻpaadi. Qubbasi oʻzak. 9—10 turkumga boʻlingan 100 tacha turi maʼlum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org