Safogaray




Safogaray (15101549) - Qozon xoni (1524—49). Qrim shahzodasi FotihGarayning oʻgʻli. Qozon taxtini amakisi SohibGaraydan soʻng egallagan. S.G. hokimiyati yirik mulkdorlar tomonidan cheklangan edi. Qrim xonligi va Noʻgʻay Oʻrda bilan mustahkam aloqada boʻlib, Rossiyaga qarshi harbiy yurishlar qilgan (1535— 37, 1541—42). Xalqharakatlari (1532, 1545—46, 1549), mulkchilik jarayonining chuqurlashuvi va Qrim mulkdorlarining saroydagi mavqelarini kuchayishi S.G. hokimiyatini zaiflashtirgan. Uni ikki marta taxtdan agʻdarishgan. S.G. davrida Qozon xonligining "togʻlik tomoni" aholisi (chuvashlar, togʻli mariylar va boshqalar) rus fuqaroligini qabul qilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz