Safiye Abduramanova
Safiye Narimanovna Abduramanova (23-dekabr 1977-yil, Uchqoʻrgʻon, Namangan viloyati, Oʻzbekiston) — tarixchi olim. Hunarmand. Kashtadoʻzlik boʻyicha mutaxassis. Millati qrim-tatar.
Tarjimayi holi
1977-yil 23-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 2002—2007-yillarda Safiye Abduramanova V. I. Vernadskiy nomidagi Tavriysk milliy universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Qadimgi dunyo va oʻrta asrlar tarixi kafedrasida ishlagan. 2018-yildan boshlab Safiye Qrim Sanoat va Pedagogika universitetining Qrim-tatar adabiyoti va jurnalistika bo‘limida aspiranturada o‘qishni davom ettirmoqda. Asosiy ish joyi — Baxchisaroy tarixiy-madaniy va arxeologiya muzey-qoʻriqxonasining Qrim tatarlari tarixi va madaniyati muzeyi (Xon saroyi) boʻlimi. Abduramanova boʻlimda ilmiy xodim boʻlib ishlaydi. Safiyening olim sifatidagi ixtisosligi quyidagicha: Qrim tatarlarining etnografiyasi, madaniyati, sanʼati. Tarixchi olimning bir qator ilmiy maqolalari, alohida kitob nashrlari, ko‘rgazmalarini shu mavzuga bag‘ishlagan.
2015-yildan Abduramanova ilmiy ish sifatida amaliy sanʼat mahorati, yaʼni Qrim tatarlarining anʼanaviy kashtachiligi mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Safiye 2015-yilning noyabridan 2016-yilning fevraligacha Baxchisaroydagi „Arslan“ markazida qrim-tatar o‘qituvchisi Zarema Mustafoyevadan tahsil oldi. Ayni paytda hunarmand qrim-tatarlarning mik’lam, bukme, pul kabi zardo‘zliklari bilan tanish. Abduramonova qadimiy tikuv naqshlarini (Qur’on kitobi, kiset kise, fes bosh kiyimi) rekonstruksiya qilgan. Hunarmand doimiy ravishda bir necha turdagi tilladan boʻlgan original ayollar zargarlik buyumlari-tumorlarini yaratadi va yarim qimmatbaho toshlar, munchoqlar bilan bezatadi.
Koʻrgazmalarda ishtiroki
1. „Arslan“ markazida oʻquv kursi yakunida hisobot koʻrgazmasi (2016).
2. „Qrim tatarlarining dekorativ sanʼati. Asrlar prizmasidan“ koʻrgazmasi. 2017-yil oktyabr, Baxchisaroy tarixiy-madaniy qoʻriqxonasining 100 yilligi va Usein Bodaninskiy tavalludining 140 yilligiga bagʻishlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org