Safedko‘h




Safedkoʻh — Afgʻonistondagi togʻ tizmasi. Paropamiz togʻ sistemasining oʻq qismi. Eng baland joyi — 3642 m. Kenglik boʻylab 350 km ga choʻzilgan. Murgʻob va Herirud daryolari vodiylarini ajratib turadi. Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Jarlar bilan oʻyilgan; yon bagʻirlarida chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, archazor va pistazorlar bor.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz