Safar Ostonov
Safar Ostonovich Ostonov (1948-yil 13-oktabr, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR — 2021-yil 8-iyun, Oʻzbekiston) — „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Tarjimai holi
1948-yil 13-oktabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan, „jurnalist“ mutaxassisligi boʻyicha oliy ta’lim olgan. 1971-yilda respublika yoshlar gazetasida korrektor sifatida ish boshlagan. 1990-1996-yillarda „Sport“ va „Oʻzbekiston futboli“ gazetalarida bosh muharrir boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1996-2002-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti devonida maslahatchi boʻlib ishlagan. 2002-yilda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalariga bosh muharrir etib tayinlangan. 2019-yilda OʻzXDPdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi hisoblanadi.
Mukofotlari
1999-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org