Sadriddin Ishmirzayev




Ishmirzayev Sadriddin Saidmuratovich (1971-yil 5-martda tugʻilgan, Samarqand, O‘zbekiston) — oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi.

Klubdagi faoliyati



Futbolchilik faoliyatini 1988-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubi tarkibida boshlagan. Mavsum yakunlariga ko‘ra, samarqandliklar SSSR chempionatining ikkinchi quyi ligasiga tushib ketadi. „Dinamo“ libosi ostida Ishmirzayev 64 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

1991-yilda futbolchi O‘zbekistonning „Buxoro“ klubiga (sobiq Nurafshon) o‘tadi. 1992-yilda esa jamoa bilan birgalikda O‘zbekiston chempionatining birinchi qura o‘yinlari ishtirokchisiga aylanadi. 1992-yilgi mavsumda qo‘shni Qozog‘istonga jo‘nab ketib u yerda „Shaxtyor“ klubi bilan shartnoma imzolaydi.

1992-yil 23-aprelda „Shaxtyor-Bulat“ga (0:0) qarshi Oliy liga 2-turi doirasidagi safar uchrashuvida „Qarag‘anda“ klubi safida debyut qilgan. Ishmirzaev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun o‘yinni o‘tkazgan.

U Qozog‘iston klubidagi yagona golini 1992-yil 29-aprelda Oliy liganing 3-turidan o‘rin olgan Olma-ota futbol klubi (SSKA)ga qarshi (2:0) mezbonlik uchrashuvining 25-daqiqasida (penaltidan golga aylantirilgan) kiritgan. „Pitmenlar“ libosida u Premer-ligada to‘rtta o‘yinda, bitta gol urishga erishgan. Shuningdek, Qozog‘iston kubogida ham bitta o‘yin o‘tkazgan.

1992-1993-yilgi mavsumning bahor-yoz fasllari boshlanishida Ishmirzayev Ukraina Respublikasining „Tavriya“ futbol kubiga ko‘chib o‘tadi. U qrimliklar futbolkasidagi ilk debyutini 1993-yil 14-martda bo‘lib o‘tgan Oliy liganing 16-turida Kremenchugning „Flint“ jamoasiga qarshi g‘alabali (2:0) o‘yinida o‘tkazgan (keyinchalik o‘yin natijasi bekor qilingan, sababi, Yevgeniy Dragunovning maydonga „Tavria“ futbolkasida kirib kelgani uchun diskvalifikatsiya qilingan.). Ishmirzaev maydonga asosiy tarkibda tushadi va 83-daqiqada murabbiy uning o‘rniga Igor Duxnovskiyni maydonga tushiradi. Himoyachi jami hisobda „Tavriya“ tarkibida o‘nta uchrashuv o‘tkazgan.

Mavsum oxirida u “Simferopol” jamoasini tark etadi va 1993-yilda Rossiyaga jo‘nab ketadi. U yerda “Portovik” futbolchisiga aylanadi. U Xolmsk jamoasi safida 1993-yil 18-iyun kuni “Chita (Rossiya eski mashhur futbol klubi ) Lokomotiv”ga qarshi safarda mag‘lub bo‘lgan (0:2) uchrashuvida debyut qilgan. Ishmirzayev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun uchrashuvni o‘tkazgan. U Klub futbolkasida Rossiya chempionatining birinchi ligasidagi o ‘tkazilgan 20 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Sadriddin 1994-yili O‘zbekistonga qaytib, „Buxoro“ bilan shartnoma imzolagan. Futbolchilik faoliyatini 1998-yilda „Buxoro“ safida yakunlagan. Jamoaviy karerasini 1995-yil 20-iyulda Bolgariyaga qarshi o‘yinda (0:0) O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosida o‘tkazgan. Ushbu o‘yinda Ishmirzayev maydonga asosiy tarkibda tushib, butun uchrashuvni o‘tkazgan. Bu uchrashuv Ishmirzayev uchun terma jamoadagi yagona o‘yin hisoblanadi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz