Sadriddin Abdullayev




Sadriddin Nizomiddinovich Abdullayev (1986-yil 11-iyunda Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati



Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2005-yilda aynan shu klubda boshlagan. „Paxtakor“ safida toʻrt mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 32 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2007—2008-yillarda Samarqandning „Dinamo“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2009-yilda Xitoyning „Chanchun Yatay“ jamoasida ijara asosida oʻynagan. 2010-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtgan. 2011-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2012—2014-yillarda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida toʻp surgan va shu vaqt ichida 52 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan. 2015-yildan Malayziyaning „T-Tim“ klubi futbolchisi hisoblanadi.

Jamoadagi faoliyati



Sadriddin Abdullayev 2008-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga taklif olgan. Terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻsha yilning 22-iyun kuni Jahon Chempionati-2010 saralash turniri doirasida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Abdullayev terma jamoa safida jami uchta oʻyin oʻtkazdi.

Yutuqlari



„Paxtakor“

„Chanchun Yatay“

„Toshkent Lokomotivi“

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz