Saʼdiyev Xayrulla Habibovich




Xayrulla Habibovich Saʼdiyev - (Toshkent) — Oʻzbekiston rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1963—86 yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida, 1986-yildan Satira teatrida aktyor. S, asosan, komik aktyor boʻlib, dramatik, harakterli rollarni ham meʼyoriga yetkazib ijro etishi, oʻtkir satirik va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko ("Polizdagi voqea") uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Keyinchalik Xlestakov ("Revizor"), Dartanʼyan ("Uch mushketyor"), Konfetvoy ("Suqatoy Konfetvoy"), Ali ("Ali va Vali"), Mushuk ("Etik kiygan mushuk"), Mishka Dadone ("Toshkent — non shahri"), Shum bola ("Shum bola"), Afandi ("Afandining yoshligi"), Yusuf ("Tobutdan tovush") kabi rollarni ijro etib shuxrat qozondi. Kino ("Akmalning sarguzashtlari"da ertakchi chol; "Shiddat"da Mamat; "Xorazm afsonasi"da masharaboz; "Toʻylar muborak"da kuyovning doʻsti; "Arslonning sarguzashtlari"da Qoʻrqinch; "Xumcha"da choyxonachi; "Margʻiyona"da masharaboz; "Alpomish"da Toychaxon; "Meshpolvon"da Rayhon qiziq va boshqalar), televizion spektakl va filmlarda (Shum bola, "Shum bola"; Anvar, "Izlayman"; Sobir, "Uchrashuv", Jalil, "Shaytanat" kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teatrlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. S, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy qatnashchisi.

Filmografiya




Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz