Sadio Mane




Sadio Mane (1992-yil 10-aprelda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi, Premyer Liga klubi boʻlgan Liverpul va Senegal terma jamoasida hujumkor qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. Mane 2019-yilgi Oltin toʻp uchun kurashda toʻrtinchi oʻrinni egalladi va FIFAning eng yaxshi erkaklar oʻyinchisi mukofotida Mane 2019-yilda beshinchi va 2020-yilda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Mane professional faoliyatini 19 yoshida Fransiya Liga 2 ning Metz klubida boshlagan, biroq u bir mavsumdan soʻng 2012-yilda 4 mln yevro evaziga Avstriyaning Red Bull Zalsburg klubiga oʻtgan. 2013-14 yilgi mavsumda Red Bull Zalsburg bilan liga va kubokni yutgan. Oʻsha yoz oxirida Mane Angliyaning Sautgemton klubiga rekord darajadagi 11,8 mln funt sterling evaziga oʻtdi. Sautgemton klubida 2015-yilda Aston Villa ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 176 soniyada urilgan eng tezkor xet-trik boʻyicha Premyer liganing yangi rekordini oʻrnatdi

Mane 2016-yilda 34 mln funt sterling evaziga Premer liga ning boshqa jamoasi Liverpul bilan shartnoma imzolagan edi. U jamoaga 2018 va 2019-yillarda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga yordam berdi va 2019-yilda gʻalaba qozondi. U shuningdek, 2018-19 yilgi mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlanib, Premer liganing "Oltin butsasi"ni qoʻlga kiritgan. Keyin Mane 2019-20 Premyer ligada gʻalaba qozonish orqali Liverpul ning 30 yillik yomon natijalarini tugatishga yordam berdi. 2021-yil oktabr oyida u Premyer ligadagi 100-golini urdi va bu marraga erishgan uchinchi afrikalik boʻldi.

Jamoalardagi faoliyati



Liverpul




2016-yilning 28-iyunida Mane 34 funt sterling evaziga Liverpul ga besh yillik shartnoma asosida oʻtdi. Transfer narxi uni oʻsha paytda tarixdagi eng qimmat afrikalik futbolchiga aylantirdi. 14-avgust kuni u „qizillar“ safida Premyer ligadagi debyutini oʻtkazdi va „ Arsenal“ ga qarshi safarda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻrtinchi golni kiritdi. Yelkasidagi yengil jarohat tufayli Liverpul ning „Byornli“dagi magʻlubiyatini oʻtkazib yuborgan Mane Liga kubogida " Byorton Albion "ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi va u 5:0 hisobidagi gʻalabada ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
2022-yilning 10-aprelida, yaʼni 30 yoshga toʻlgan kuni Mane Manchester Sitiga qarshi safarda 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Liverpul ning golini urdi. Shundan soʻng Mane 16-aprel kuni Angliya kubogi yarim finalida Uembli stadionida Manchester Siti darvozasiga ikkita gol urib, 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Liverpul ga 2012-yildan beri ilk bor Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi va finalda gʻalaba qozondi.

Terma jamoa



Mane 2012-yilgi Olimpiada turnirida Senegal terma jamoasining bir qismi boʻlgan, chorak finalda qoʻshimcha vaqtdan soʻng 4:2 hisobida yakuniy chempion Meksikaga yutqazgan. 2021-yil Afrika Millatlar Kubogida Mane Senegal terma jamoasi safida birinchi marta musobaqada gʻolib chiqdi. Misrga qarshi finalda u Liverpuldagi jamoadoshi Muhammad Salohga qarshi oʻynadi. Kubokni qoʻlga kiritish uchun hal qiluvchi zarbani amalga oshirish bilan bir qatorda, Mane finalgacha uchta gol urdi, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida u oʻz mamlakatini 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun Misrga qarshi umumiy hisobda 1:1 hisobida durang oʻynagan oʻyinda penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.

Yutuqlar



Angliya Liverpul

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz