Sadaqayrag`och




Sadaqayragʻoch (Ulmus densa) — qayragʻochdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Boʻyi 10—20 m, shoxshabbasi sharsimon yoki ellipssimon. Bargi yirik, uz. 3—7 sm, eni 1,5—3 sm, tuxumsimon, cheti arra tishli, usti tuksiz yoki yumshoq tukli. Barg bandi qisqa — 6—7 mm, siyrak tukli, shoxchalari sertuk. Guli kalta novdalarda toʻptoʻp oʻrnashgan. Gulqoʻrgʻoni 4—5 boʻlakli, changchilari 4 ta. Mevasi qanotchali, 2 sm. Fevral— martda gullaydi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonning togʻlik hududlarida oʻsadi. Manzarali oʻsimlik, qadimdan ekiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz