Sachini Ranasinghe




Sachini D. Ranasinghe (1994-yilda Abu Dabida tugʻilgan), SD Ranasinghe nomi bilan ham tanilgan, Shri-Lankalik shaxmatchi boʻlib, ayol xalqaro usta (WIM, 2011) unvoniga ega. U ayol xalqaro usta unvoniga sazovor boʻlgan birinchi Shri-Lankalik oʻyinchi va 3.2 zonasida shaxmat boʻyicha Osiyo chempionatida gʻoliblikka erishgan. Shuningdek, Sachini 2012-yilda shaxmat boʻyicha Jahon kubogida qatnashgan yagona Shri-Lankalik shaxmat oʻyinchisi hisoblanadi. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Shri-Lanka chempionatining besh karra gʻolibi (2009, 2011, 2012, 2013 va 2022-yillar). U bu davrdagi eng kuchli Shri-Lankalik ayol shaxmatchi hisoblanadi.

Hayoti



Abu-Dabida tugʻilgan Sachini shaxmatni bilan birinchi marta akasi Sahan Ranasinghedan oʻrganadi. U Shri-Lankadagi Rossiya markazining Anatoliy Karpov shaxmat klubida shaxmat oʻynashni boshlagan va bir qancha taniqli shaxmatchilar, jumladan, hozirgi murabbiyi Ransit Fernando qoʻl ostida bir qator mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Sachini bolaligida televideniye reklamalarida chiqa boshlagan va ayni paytda Acnes Shri Lanka brendining yuzi boʻlgan. Kichkina bolalarni shaxmat oʻyiniga qiziqtirish uchun u „Tumula va uning gʻalati armiyasi“ nomli bolalar kitobini yozdi.

Chempionatlar



Sachini D. Ranasinghe 2009, 2011, 2012 va 2013-yillarda Shri-Lanka ayollar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. 2011-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo hududiy chempionatida gʻolib boʻladi va ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. 2012-yilda esa Xanti-Mansiyskda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida debyut qildi, bu turnirda u birinchi bosqichda nomdor ayol grossmeyster Xou Yifanga yutqazib qoʻydi.

Sachini Shri-Lankada uchta ayollar shaxmat olimpiadalarida (2010, 2016, 2018) va uchta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida (2008—2009, 2016) ishtirok etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz