Sabrina Vega
Sabrina Vega Gutierrez (1987-yil 28-fevralda Las-Palmasda tugʻilgan) — ispan shaxmatchisi, FIDE xalqaro usta (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.
Shaxmatdagi faoliyati
1996-yildan 2007-yilgacha Sabrina Vega turli yosh toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati va shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida faol ishtirok etgan. U Mondariz (2005—2006-yillar), Lorse (2007) va La Massana (2007)da ayollar grossmeysteri normasini bajardi. Vega ketma-ket ikki marta 2013 va 2014-yillarda Belgrad shaxmat turnirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi.
Vega Ispaniya terma jamoasi safida umumiy yettita shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgan, jumladan, 2004, 2008—2016-yillar oraligʻida Ispaniya shaʼnini himoya qilgan. Shuningdek, Sabrina Vega Ispaniya terma jamoasi safida jami oltita Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida ishtirok etgan (2005—2015-yillar davomida).
U 2008, 2012 va 2015-yillarda ayollar oʻrtasida Ispaniya chempionatida gʻolib boʻlgan. 2016-yilda esa Mamaia shahrida shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa individual chempionatida Vega kumush medalga loyiq koʻrildi.
2020-yilda boʻlib oʻtgan Ispaniya chempionatida Sabrina gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va bu uning ispan chempionatlari orasidagi yettinchi ishtiroki boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Katta singlisi Belinda Vega Gutierrez Sabrinadan muvaffaqiyatga erisha boshlaganidan bir necha yil oʻtgach shaxmat oʻynashni boshlagan. Belinda Vega ham Sabrina singari FIDE xalqaro ayol ustasi unvoniga erishgan. Opa-singil Vegalar Ispaniya terma jamoasida birgalikda dona surishadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org