SABATE POL



SABATE POL (1854.5.11, karkasson — 1941.14.8) — frantsuz kimyogari. Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1913 yildan). Tuluzadagi Oliy pedagogika institutini tugatgan (1877). Parijdagi de Frans kollejida assistent (1878-80), Bordo (1881), Tuluza (1882-90) universitetlari xodimi (1884 yildan professor). Asosiy ilmiy ishlari termokimyo va katalizga oid. Ilk bor organik birikmalar sintezida asl metallar o’rniga katalizator sifatida nikel, mis, kobalt va temirdan foydalangan. Nobel mukofoti laureati (1912).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz