Sab’at abhur




Sab’at abhur “ („Yetti dengiz“) - Alisher Navoiyga nisbat beriluvchi asarlardan biri. Asar arab tili lugʻatshunosligiga bagʻishlangan. „Sab’at abxur“ — „Yetti dengiz“ deb atalishiga sabab arab lugʻatshunosligiga mansub yetti kitob mazkur asar uchun manba boʻlganidir. Bu asarlar:
1) Javxariyning „Sahoh“ izohli lugʻati; 2) Sogʻoniyning „Takmila“ lugʻati; 3) Zamaxshariyning „Kashshof“ (Qur’on tafsiriga oid) asari; 4-5) Ibn Hojibning grammatikaga oid „Mufassal“ (ikkita muqaddim va sharhlari); 6) „Taroyib ul-hadis“ — hadis soʻzlariga tuzilgan lugʻatlar. 7) turli mualliflar, devon, risola va boshqa asarlarning sharhlari. Ular shartli ravishda „Zavoyid“ nomi bilan atalgan.
„Sab’at abhur“ oʻz ichiga 8609 lugʻat maqolani kiritgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz