Sabah as-Sabah
Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh (6.6.1929 - 29.9.2020; arabcha: صباح الأحمد الجابر الصباح) — Quvayt amiri. 2006-yil 26-yanvarda Milliy Assambleya (Parlament) tomonidan uning nomzodi tasdiqlangan va u mamlakat amiri etib tasdiqlangan. Bunga qadar Quvayt Bosh vaziri edi. Hukmronligi boshida bir qator demokratik islohotlarni amalga oshirdi. Ayollarning erkin ovoz berishi va davlat organlarida ishlashiga ruxsat berildi, ommaviy axborot vositalarining erkinligi taʼminlandi.
Manbalar
uz.wikipedia.org