Saarinen Eliyel




Eliel Saarinen (1873.20.8, Rantasalmi, Finlandiya — 1950.30.6, BlumfildXils, AQSH) — fin meʼmori. Gelsingfors (Xelsinki)da oʻqigan (1893—97); universitetda rassomlik, Politexnika institutida meʼmorlikni oʻrgangan. Fin meʼmorligida "milliy romantizm" uslubining asoschisi (Xelsinkidagi Milliy muzey, 1906—09; Laxtidagi ratusha, 1912), 1923-yildan AQShda ishlagan (oʻgʻli Ero Saarinen bilan). Asosiy loyihalari: Parijdagi Xalqaro koʻrgazma paviloni (1900, hamkorlikda), maktab, muzey va BlumfildXilsdagi Badiiyot akadimyasi (1926— 43), Uorren (Michigan shtati)dagi "Jeneral motore" kompaniyasi texnik markazining loyihasi (1948—56) va boshqa

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz