Saʼad Quboiy




Saʼad Quboiy (arabcha:سعد قبي — Saʼad Quboiy — Toʻliq ismi:Saʼad Abulmakorim Rizqulloh ibn Muhammad ibn Abulhasan ibn Umar Quboiy) — adib.

Faoliyati



Quvada X-XII asrlarda ilm-fan, madaniyat ayniqsa, diniy ilmlar yaxshi rivojlangan, gullab-yashnagan edi. Shuning uchun ham mumtoz oʻrta asr arab-musulmon jamiyati ilm-fanlarining koʻpgina vakillari oʻzlarining shu, joyda tugʻilib, voyaga yetganliklarini, dunyoga mashhur boʻlganliklarini gʻurur va mamnuniyat bilan qayd etganlar. Hamaviyning koʻp jildlik „Muʼjamul buldon“ mahobatli asarining oltinchi jildida ikkita quboiylar, shu jumladan, Saʼad Quboiy haqida bir muncha maʼlumot yozib qoldirilgan. Uni axborot bilan tanishtiruvchi Ibn Tohirning aytishicha, Saʼad Quboiy Quvada tugʻilib, shu yerda oila, maktab, madrasa taʼlimini olgan. Soʻngra Buxoroga ketib, yirik olim, adib, mutafakkir boʻlib yetishgan, shuhrat qozongan. Boshqa maʼlumotlar topilmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz