Saad al-Gʻomidiy
Shayx Saʼd al-Gʻomidiy (arabcha: سعد الغامدي) — Saudiya Arabistonining dunyoga mashhur qorilaridan biri.
Biografiyasi
1967-yilda Saudiya Arabistonining Dammom shahrida tugʻilgan. 1990-yilda, 22 yoshligida butun Qur’onni yod olgan. U Qur’onni tajvid bilan, bexato oʻqishi va jozibador ovozi tufayli eʼtiborga erishgan. Dammomdagi islomshunoslik bilim yurtida islom qonunlarini oʻrgangan. 1990-2009 yillarda dunyodagi bir nechta masjidlarda, shu jumladan AQSh, Buyuk Britaniya va Avstriyadagi masjidlarning imomi boʻlgan. 2009-2014 yillarda u al-Masjid an-Nabaviyga imomlik qilgan. Hozirgi kunda u Dammomdagi Kanu masjidi imomi. Butunjahon islom ulamolari kengashi aʼzosi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org