Saša Lukić




Saša Lukić (1996-yil, 13-avgustda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, oʻzi sardorlik qiladigan Italiyaning Torino klubi va Serbiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



Saša Lukic 1996-yil, 13-avgustda Yugoslaviyaning Shabac yaqinidagi Varna qishlogʻida tugʻilgan.

Jamoalardagi faoliyati



Partizan



Saša Lukić 2009-yilning avgustida Partizan klubiga stajyor sifatida qo‘shilishdan oldin, SHabacdagi POFK Savacium futbol maktabida futbol o‘ynay boshlagan. U klub bilan birinchi professional shartnomasini 2013-yilning avgustida 17 yoshga toʻlgan kuni imzolagan va uch yillik shartnoma imzolagan.

Torino



2016-yil, 29-iyulda Lukić Italiyaning Torino klubi bilan shartnoma imzoladi. 17-oktabr kuni u A Seriyada Palermo mehmoni boʻlib, 4:1 hisobida jamoasi bilan gʻalaba qozonib, Mirko Valdifiori oʻrniga maydonga tushdi.

Levante (ijara)
2017-yilning 15-avgustida Lukić La Liganing Levante klubiga bir yilga ijaraga berildi.

Xalqaro karyerasi



Lukić 2017-yilgi UEFA U-21 chempionati saralash bosqichida Serbiya terma jamoasi safida debyut qildi va 2015-yil, 8-sentabrda Litva ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi.

2018-yilning 7-sentabr kuni u Serbiya terma jamoasida Litvaga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qildi.

Oʻyin uslubi



Lukić tezkor, mehnatsevar, koʻp qirrali, yaxshi koʻrish qobiliyatiga ega, toʻp uzatishlari va texnikasi, shuningdek, hujumda ham, himoyada ham jamoasiga yordam bera olgani uchun bir nechta pozitsiyalarda oʻynashga qodir boʻlgan yaxshi yarim himoyachi. Oʻng oyoqli oʻyinchi, u koʻrish qobiliyati, toʻp uzatishlari, texnikasi va zarba berish qobiliyati, shuningdek, hujumlarni amalga oshirishdagi mohirligi tufayli odatda ijodiy hujumkor yarim himoyachi sifatida joylashtiriladi.

Karyera statistikasi



Klub



2022-yil, 20-avgust holatiga ko'ra[6]

Xalqaro



2022-yil, 12-iyun holatiga ko'ra[7]

Yutuqlar



Partizan

Eslatmalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz