Saša Kalajdžić




Saša Kalajdžić (talaffuzi: Sasha Kalaydjich; 1997-yil 7-iyulda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Wolverhampton“ klubi va Avstriya terma jamoasi hujumchisi

Kalajdžić professional foaliyatini SR Donaufeld Wien bilan boshladi. 2016-yilda Avstriyaning Bundesliga klubi „FC Admira Wacker Mödling“ bilan shartnoma imzoladi. Jamoada 35 oʻyinda 12 ta gol urdi. 2019-yil iyul oyida Germaniyaning „Stuttgart“ klubiga qoʻshildi, qoʻshilganidan koʻp oʻtmay tizzasidan jiddiy jarohat oldi va 2020-yil mayigacha oʻynay olmadi. „Stuttgart“ safida 60 ta oʻyinda 24 ta gol urdi. 2022-yilning avgustida Angliyaning „Wolverhampton“ klubi bilan 15 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi.

Kalajdžić 2020-yil oktabr oyida terma jamoadagi professional debyutini oʻtkazgan. Yevro-2020da Avstriya terma jamoasini himoya qilgan.

Klublardagi faoliyati



Admira Wacker Mödling FK



Kalajdžić 2016-yilda Donaufeld Wiendan „Admira Wacker Mödling“ klubiga kelib qoʻshilgan. Dastlab Avstriyaning Regionalliga East ligasida klubning zaxira jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

VfB Stuttgart



2019-yilning 5-iyulida Kalajdžić Germaniyaning VfB Stuttgart klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Kelganidan koʻp oʻtmay, mavsumoldi yigʻinida jarohat oldi. 2020-yilning 28-mayida 2019—2020-yilgi mavsumning 28-turida ligadagi „Hamburger SV“ga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi.

Wolverhampton Wanderers



2022-yil 31-avgustda Angliyaning „Wolverhampton“ klubi Kalajdžić bilan 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Toʻlov klub rahbariyati tomonidan oshkor qilinmagan, biroq 15 million funt sterling ekani xabar qilingandi. Uch kundan soʻng Premyer-ligada „Southampton“ga qarshi oʻyinda debyut qildi, ammo jarohati tufayli tanaffusda almashtirildi.

Xalqaro faoliyati



Kalajdžić Avstriyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamosida oltita oʻyinda maydonga tushgan. Avstriya milliy terma jamoasi safida debyutini 2020-yil 14-oktabrda Millatlar ligasida Ruminiyaga qarshi oʻyinda (1:0) oʻyinda oʻtkazdi. 2021-yil 25-mart kuni 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Shotlandiyaga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi, uchrashuv 2:2 hisobida yakun topdi. Yevro-2020 uchun tarkibga kiritildi va 1/8 finalda Italiyaga qarshi oʻyinda bitta gol urdi, ammo 2:1 hisobida yutqazishdi.

Oʻyin uslubi



Oʻzining ikki metrli boʻyi va nisbatan nozik tanasi tufayli Kalajdžić ingliz hujumchisi Peter Crouch bilan taqqoslanadi. Ilk faoliyatida Kalajdžić yarim himoyachisi sifatida ham oʻynagan.

Faoliyat statistikasi



Klub



3-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra

Xalqaro



13-iyun, 2022-yil holatiga koʻra[17]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Avstriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisoblar ustuni Kalajdžićning har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz