Saw




Saw  — (oʻzb. „Arra“) — 2004-yilda, amerika va avstraliyalik kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan, triller janridagi film. Film premyerasi 2004-yilning 19-yanvarida boʻib oʻtdi. AQSHda 17 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga (MPAA dan R reytingi berilgan), Rossiyada — 18 yoshdan kichik boʻlmagan shaxslarga koʻrish tavsiya etiladi. Film faqat video prokat uchun chiqarilishi kerak edi, lekin "Sundance" kinofestivali qarorni oʻzgartirdi. Triller tomoshabinlarga yoqdi va 29-oktabrda keng prokatga chiqdi. Birinchi uik-endda film $18 mln toʻpladi. Bunda film byudjeti $1,2 mln. Uik-end yakunlanganidan soʻng filmning sikveli chiqishi rejalashtirildi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz