S dnyom rojdeniya, Vika




S dnyom rojdeniya, Vika “ (ruscha: С днём рождения, Вика, yaʼni „Tugʻilgan kuning bilan, Vika“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2003-yil eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga oʻn beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. 2004-yil albomning toʻrtinchi va yakuniy singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq kuyini ham, soʻzini ham guruh aʼzosi Aleksandr Astashyonok yozgan. Rejissyor Roman Prigunov qoʻshiq uchun klip suratga olgan. „Na veka“ albomiga „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻining remiksi bonus trek oʻlaroq kiritilgan.

Astashyonokning sobiq qiz doʻsti, aktrisa va xonanda Anastasiya Tyufyakinaning soʻzlariga koʻra, Astashyonok „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻini dastlab unga atab yozgan va boshida unda „Vika“ soʻzi boʻlmagan. Astashyok keyinchalik „Korni“ guruhining konsertlar boʻyicha direktori Yelena Vengrjinovskayaga uylangan. Juftlikning qizi tugʻlishidan bir oy oldin „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻi xitga aylangan. Shuning uchun juftlik qizlariga Vika ismini qoʻyishgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz