S7n^o5




Gallat kislota , CH(OH)COOH - 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuqlanish temperaturasi 220° (beqaror modifikatsiya), 240° (barqaror modifikatsiya, ajralish bilan). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, koʻk-qora tusga kiradi. Choy, dub poʻstlogʻi va b. oshlovchi moddali oʻsimliklar tarkibida bor. Tanninlarni fermentlar yordamida parchalab olinadi. Boʻyoq, pirogallol, dori, qora siyoh i.ch.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz