S6n5sos1




Benzoil xlorid (benzoy kislota xlorangidridi), СНСОСl — organik birikma. Mol. m. 140,52; xavoda tutaydigan oʻtkir hidli rangeiz suyuqlik; qaynash temperaturasi 197,2°, zichligi 20° da 1212 kg/m1; efir, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Suv bilan gidrolizlanganda benzoy kislota, qaytarilganda esa benzoy aldegid hosil boʻladi. Benzotrixlorid S6N5SS13 ni qisman gidrolizlab, shuningdek benzoy kislotaga mineral kislotalar xlor angidridlari (PCI5, PC13, SOC12, SO,CI2) ni taʼsir ettirib olinadi. Benzoil xlorid aminlar, spirtlar, fenollarni benzoillash (S6N3SO guruhini kiritish)da, benzoil peroksid va indigoid rangdor moddalar ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi. Benzoil xlorid bugʻlari pafas yoʻllari va terini yalligʻlantiradi, koʻzdan yosh oqizadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz