S2s16




Geksaxloretan (perxlor-etan), CCl — kamfora hidli rangsiz kristallar. Uchta kristall holdagi modifikatsiyam ega. 43,6° gacha rombik panjarali, 43,6—71,1° da triklin panjarali, 71, G. dan yuqorida kubik panjarali modifikatsiya barqaror. Suyuqlanish temperaturasi 187° (yopiq kapillyarda), qaynash temperaturasi 185,6° (oʻz-oʻzidan haydaladi), zichligi 2091 kg/m3. Spirt, efirda oz, uglerod sulfidda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 0,005% (22,3°); suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. G. 200° va undan yuqori temperaturada qattiq ishqor, ishqorning spirtdagi eritmasi taʼsirida oksalat kis-lotagacha gidrolizlanadi. Sanoatda polixloretanlar yoki tetraxloretilenga xlor biriktirib olinadi. Gazsizlantiruvchi tabletkalar i.ch.da, alyuminiydan yasalgan jihozlar tayyorlashda, tutovchi aralashmalar hosil qilishda ishlatiladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz