Ryan Yates




Ryan James Yates (talaffuzi: Ryan Jeyms Yats) (1997-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Ryan Yates 2016—2017-yilgi mavsum boshida „Nottingham Forest“ klubining birinchi jamoasi tarkibiga kiritildi. Ryan Yates 2016-yilning 26-avgustida bir oylik dastlabki sinov muddati uchun Milliy Liga vakili „Barrow“ klubiga yoʻl oldi. 21-sentyabr kuni Ryan Yates „Barrow“ klubi bilan ijara shartnomasini 2017-yil 9-yanvargacha uzaytirdi. Shartnomani uzaytirganidan soʻng, „Barrow“ klubi menejeri Paul Cox Ryan Yates haqida shunday dedi: „U oʻrganish istagi, yaxshiroq va kuchliroq boʻlishni xohlash nuqtai nazaridan olmos futbolchi. Aynan shu narsa Ryan Yatesni bu tarkibda kuchli qildi.“

Ryan Yates "Barrow' klubi bilan oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, barcha musobaqalarda ikki marta gol urgan. Ryan Yates 13-yanvar kuni „Forest“ klubiga chaqirib olingan.

31-yanvar kuni, „Barrow“ klubidan chaqirib olinganidan koʻp oʻtmay, Ryan Yates mavsumning qolgan qismida Birinchi Liganing vakili „Shrewsbury Town“ klubiga ijaraga berildi. Ryan Yates professional ligadagi debyut oʻyinini 14-fevral kuni „Peterborough United“ klubiga qarshi (2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyin) uchrashuvning 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi. 27-fevralda, „Shrewsbury Town“ klubida ijarada boʻlganida, Ryan Yates „Forest“ klubidagi shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi. Ryan Yatesga 1-aprel kuni „Bristol Rovers“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining professional faoliyatidagi ilk qizil kartochka koʻrsatildi.

2017-yil 4-avgustda Ryan Yates „Notts Country“ klubiga 2017—2018-yilgi mavsum uchun ijara asosida qoʻshildi.

2018-yilning 11-yanvarida Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubi bilan 2020-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi va 2017—2018-yilgi mavsumning qolgan qismida birinchi liga vakili „Scunthorpe United“ klubiga qoʻshilish uchun „Notts Cauntry“ klubidagi ijarasidan chaqirib olindi.

2018-yilning 5-iyulida Ryan Yates „Nottingham Forest“ klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi va Ryan Yates klubdagi futbolchilik faoliyatini 2021-yilgacha olib boradigan boʻldi. 2019-yilning dekabrida Ryan Yates shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz