Ryan Stoa




Ryan James Stoa (talaffuzi: Rayan Jeyms Stoa) (1987-yil 13-aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkeychi. Ryan Stoa hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Nürnberg Ice Tigers“ xokkey klubi bilan shartnoma asosida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati



Havaskor



Ryan Stoa „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safiga 2005-yilgi NHLga kirish loyihasida 34-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Keyinchalik Ryan Stoa 2003 —2005-yillarda 17 va 18 yoshgacha boʻlgan milliy xokkey terma jamoa safida oʻynagan va AQSh taraqqiyot dasturiga tanlangan edi.

Professional



Ryan Stoa 2009 —2010-yilgi mavsumni boshlash uchun „Colorado Avalanche“ xokkey klubining AHL filiali „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2009-yil 13-oktyabrda Ryan Stoa „Lake Erie Monsters“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi professional golini „San Antonio Rampage“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda (4:1 hisobida gʻalaba) kiritishga muvaffaq boʻldi. Ryan Stoa NHLdagi ilk oʻyinini 2009-yil 13-dekabrda „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida „Calgary Flames“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. Ryan Stoa klub safida NHLdagi ilk golini 2010-yil 9-aprelda „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:2 hisobida gʻalaba) kiritdi.

2012-yil 7-iyulda Ryan Stoa erkin agent sifatida „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Ryan Stoa 2012 —2013-yilgi mavsum uchun klubning AHL filiali „Hershey Bears“ xokkey klubiga yuborildi. 2013-yil 15-aprelda Ryan Stoa „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzoladi.

2014-yilning 15-iyulida Ryan Stoa Rossiyadagi „Metallurg Novokuznetsk“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Ryan Stoa klub safidagi ilk mavsumida 60 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng, 2015-yil 27-fevralda Ryan Stoa 2014 —2015-yilgi mavsumda ham klub safida harkat qilishi kelishib olindi.

Keyingi 2015 —2016-yilgi mavsumda Ryan Stoa „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Ryan Stoa erkin agent sifatida 2018-yilning 23-may kuni KHL vakili „Traktor Chelyabinsk“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Stoa 2019-yil 15-iyulda SHL vakili „Örebro HK“ klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlib, faoliyatini Shvetsiyada davom ettirish uchun Rossiyani tark etdi.

2021-yil 30-iyun kuni Ryan Stoa Germaniyadagi DEL vakili „Nürnberg Ice Tigers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz