Ryan Sproul
Ryan Sproul (talaffuzi: Rayan Sproul) (1993-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Ryan Sproul hozirda Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili "Kunlun Red Star" xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati
Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safiga 2011-yilgi NHL kirish loyihasida 55-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
2012-yilning 25-martida Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi.
Shundan soʻng, Ryan Sproul „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga ikkita oddiy mavsum oʻyinlariga qoʻshildi va 2013-yil 20-aprelda „Lake Erie Monsters“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda AHLdagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi.
2013-2014-yilgi mavsumda Ryan Sproul „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safida maydonga tushdi. Ushbu mavsumda Ryan Sproul klub safida 72 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol va 21 ta golga assistentlik qildi. Bu koʻrsatkichlar bilan Ryan Sproul jamoadagi eng koʻp gol urgan himoyachiga aylandi. 2014-yil 13-aprelda Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi safida NHLdagi ilk uchrashuvini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2016-yilning 23-sentyabrida Ryan Sproul „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi. 2017-yil 3-oktyabrda Sproul klub tomonidan „Grand Rapids Griffins“ xokkey klubi safiga yuborildi. 2017-yil 21-oktyabrda Ryan Sproul Matt Puempel evaziga „New York Rangers“ xokkey klubiga almashtirildi. Shundan soʻng, Ryan Sproul „New York Rangers“ xokkey klubining AHLdagi filiali „Hartford Wolf Pack“ xokkey klubiga yuborildi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
Xitoydagi faoliyati tufayli Ryan Sproul 2022-yil 28-yanvarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida Xitoy erkaklar milliy xokey terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org