Ryan Kitto
Ryan Kitto (1994-yil, 9-avgustda tugʻilgan) — avstraliyalik futbolchi, Adelaida United jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Adelaide United
Kitto faoliyatini A-Liga klubi Adelaida United bilan shartnomaimzolashdan oldin West Torrens Birkalla klubida professional faoliyatini boshlagan. U 2013-yil, 26-oktabrda Adelaida United safida Central Coast Marinersga qarshi debyut qilgan.
West Torrens Birkalla
Kitto 2015-yil fevral oyida West Torrens Birkalla klubiga qaytgan. Kitto 2015-yilgi NPL SA mavsum davomida 28 oʻyinda maydonga tushib, 17 gol urgan Sergio Melta medali (Yilning eng yaxshi futbolchisi) bilan taqdirlangan.
Newcastle Jets
Kitto klubdagi muvaffaqiyatli sinovdan soʻng jarohatlangan oʻyinchilarga oʻrinbosar sifatida Newcastle Jets bilan ikkinchi professional shartnomasini imzoladi. Kitto Newcastleda 2015-16-yilgi mavsum A-Liganing 7-turida debyut qildi, u 82-daqiqada Nigel Boogaard oʻrniga Adelaida Unitedga qarshi oʻyinda (0:0) maydonga tushdi.
Kitto 2015-16-yilgi A-Liga mavsumining soʻnggi oʻyinida Central Coast Marinersga qarshi oʻyinda oʻzining eng yaxshi oʻyinlaridan birini oʻtkazib, 3 ta golga asistentlik qildi.
Adelaida Unitedga qaytish
2016-yil, 23-mayda Kitto Adelaida Unitedga qaytdi. U 2-avgust kuni Adelaidaning 2016-yilgi FFA kubogidagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va Brisbenda Kvinslend shtat ligasi vakili Redlands Unitedga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan Adelaidaning yagona golini kiritdi.
2017-yil oxirida koʻplab diqqatga sazovor oʻyinlaridan soʻng, Kitto koʻplab olqishlarga sazovor boʻldi, Mark Bosnich uni „butun ligadagi eng yaxshi isteʼdodlardan biri“ deb taʼrifladi.
Kitto Adelaida United bilan ikki marta FFA kubogini yutgan; Birinchi final Sydney FC ustidan 2:1 hisobida, ikkinchi final esa Melbourne City ustidan 4:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan.
Faoliyat statistikasi
Klub
2022-yil, 31-avgust holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org