Ryan Graves




Ryan Graves (talaffuzi: Rayan Graves) (1995-yil 21-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey himoyachisi. Ryan Graves hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda.

Oʻyin faoliyati



Ryan Graves 2013-yilgi NHL kirish loyihasida „New York Rangers“ xokkey klubi safiga umumiy 110-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

New York Rangers
2015—2016-yilgi mavsumda Ryan Graves „New York Rangers“ klubining AHL filiali „Hartford Wolf Pack“ xokkey klubi safiga yuboridi. Ryan Graves ilk professional oʻyinini 2015-yil 10-oktyabr kuni „St Johnʼs IceCaps“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. Ryan Graves oʻzining birinchi golini 2015-yil 23-oktyabrda „Syracuse Crunch“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobida g‘alaba) kiritdi. qozonib, o‘zining birinchi golini va golli uzatmasini amalga oshirdi.

Keyingi 2016—2017-yilgi mavsumda Ryan Graves klub safida 30 ochko (8 gol, 22 golli uzatma) bilan klub xokkeychilari orasida yetakchilik qilishda davom etdi.

Colorado Avalenche
Ryan Graves „New York Rangers“ xokkey klubi tomonidan 2018-yil 26-fevralda Chris Bigras evaziga „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga almashtirildi. Ryan Graves „Colorado Avalanche“ klubining AHL boʻlimi „San Antonio Rampage“ xokkey klubiga yuborildi.

17-iyul kuni Ryan Graves „Colorado Avalanche“ klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi. 2018-2019-yilgi mavsumda Ryan Graves NHLdagi birinchi golini 2019-yil 4-yanvarda „New York Rangers“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda o‘tkazdi. 8-iyul kuni Graves klub bilan yana bir yillik shartnoma imzolandi. 2019-2020-yilgi mavsumda, asosan, Calder Memorial kubogi sovrindori Cale Makar bilan birga oʻynagan Graves eng yaxshi juftlik rolida ham gollar, ham ochkolar boʻyicha karyerasida eng yuqori koʻrsatkichlarni qoʻlga kiritdi. 2020-yil 12-oktyabrda Ryan Graves „Colorado Avalanche“ xokkey klubi bilan uch yillik 9,5 million dollarlik shartnoma imzoladi.

Ryan Graves NHLdagi 100-uchrashuvini 2021-yil 22-yanvarda „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3-2 hisobida qoʻshimcha taymdagi gʻalaba) oʻtkazdi. Ryan Graves mavsumdagi 56 oʻyinning 54 tasida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 15 ochkoni oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi.

New Jersey Devils
2021-yil 15-iyulda, yaqinlashib kelayotgan kengayish loyihasi muhokamalari tufayli, Ryan Graves Mixail Maltsev evaziga „Colorado Avalanche“ klubi tomonidan „New Jersey Devils“ klubiga almashtirildi.

Faoliyat statistikasi



Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz