Ryan Gravenberch
Ryan Jiro Gravenberch (talaffuzi
: Rayan Jiro Gravenberch; 2002-yil 16-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi „Bavariya“ va Gollandiya milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati
"Ajax"
Gravenberch 2010-yilda „Ayaks“ yoshlar akademiyasiga qoʻshildi va oʻzining kichik bosqichlarini bosib oʻtdi. 2018-yil 7-iyun kuni u „Ayaks“ akademiyasining eng yaxshi iqtidorini tan oladigan ilk „Abdelhak Nuri Trofee“ni oldi. Ryan Gravenberch oʻsha kuniyoq „Ayaks“ bilan ilk professional shartnomasini imzoladi va uni 2023-yilgacha klubda qoldirdi. Gravenberch oʻzining professional debyutida "Young Ayaks „ bilan 2018-yilning 24-avgustida „Dordrext“ ustidan 5:2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Gravenberch 2018-yilning 23-sentyabrida PSVga qarshi Erediviziyada 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan „Ayaks“ safida debyutini oʻtkazdi. Gravenberch Erediviziyada 16 yoshu 130 kunlik oʻynagan „Ayaks“ tarixidagi eng yosh futbolchi boʻldi va Klarens Zeedorf oʻrnatgan 16 yoshu 242 kunlik rekordni ortda qoldirdi.
2020-yil 25-noyabrda Gravenberch Chempionlar ligasidagi ilk golini 2020-21-yilgi mavsumda „Midtyulland „ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi.
2021-yil 18-aprelda Gravenberch KNVB kubogi-2021 finalida“Vitess“ klubi ustidan 2:1 hisobidagi gʻalabada birinchi golni urdi.
“Bayern Munich"
202-yil 13-iyunda Gravenberch Bundesliga klubi „Bavariya“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. „Ayaks“ klubiga toʻlangan transfer narxi 18 million yevroni tashkil etgan va qoʻshimcha 5 million yevro oʻzgaruvchan. 2022-yil 31-avgustda u DFB-Pokalda Viktoriya Kyoln ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi golini kiritdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Xalqaro darajadagi faoliyati
Gravenberch Gollandiya yoshlar terma jamoasi hisoblanadi. 16 yoshida u Gollandiya U19 terma jamoasini 2018-yil 5-sentabrda Angliya U19 jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida 4:1 hisobida magʻlub etgan
U 202-yilning noyabr oyida Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi. Ryan Gravenberch 2021-yilning 24-martida Turkiyaga qarshi jahon chempionati saralash oʻyinida debyut qilgan. 2021-yil 6-iyun kuni Gollandiya 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Gruziyaga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida Gravenberch gol urdi.
Shaxsiy hayoti
Gravenberch Gollandiyada tugʻilgan va asli surinamlik. Gravenberchning akasi Danzell Gravenberch ham professional futbolchi.
Faoliyat statistikasi
Klubdagi natijalari
2022-yil 1-noyabr holatiga ko`ra[19]
Xalqaro maydonda
2022-yil 25-sentabr holatiga ko`ra[20]
2021-yil 6-iyun kuni boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Gollandiya hisobi birinchi boʻlib koʻrsatilgan, ballar ustuni Gravenberchning har bir golidan keyingi hisobni koʻrsatadi[20].
Yutuqlari
Ajax "Bavariya" Niderlandiya U17 Individual Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org