Ryan Esson
Ryan John Esson (talaffuzi: Rayan Jon Esson) (1980-yil 19-martda tugʻilgan) — shotlandiyalik sobiq darvozabon. Hozirda Ryan John Esson „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi jamoasida darvozabonlar murabbiyi. Esson oʻz faoliyatini 2000-yilda Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Aberdeen“ klubi darvozaboni sifatida boshlagan. Ryan John Esson „Shrewsbury Town“ va „ Hereford United“ klublarida ham oʻynagan.
Faoliyati
Aberdeen
Ryan John Esson oʻz faoliyatini oʻzi tugʻilgan shahri Aberdeendagi (Shotlandiya Premer-ligasi vakili) „Aberdeen“ futbol klubida boshlagan. Ryan John Esson „Aberdeen“ futbol klubi jamoasida 2000-yilning 14-mayida „Kilmarnock“ klubi ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ilk marta maydonga tushgan. „Aberdeen“ futbol klubi 2000-yilgi Shotlandiya kubogi finaliga chiqdi va final oʻyinining uchinchi daqiqasida Jim Leighton (soʻnggi marta futbolchilik faoliyatida maydonga tushgan oʻyin) boshidan jiddiy jarohat oldi. Oʻsha paytda jamoa zaxira oʻrindigʻida faqat uchta futbolchi boʻlganligi sababli Robbie Winters darvozaga Essonning formasini kiyib kirishga majbur boʻlgan. Ryan John Esson 2000—2001-yillar davomida „Aberdeen“ futbol klubining birinchi posboniga aylandi. Keyingi mavsumda Ryan John Esson 2002-yil mart-may oylarida „Rotherham United“ klubida qisqa muddatli ijara muddatini oʻtkazdi.
Ryan John Esson 2002—2003-yilgi mavsumda umuman oʻynamagan va 2003—2004-yillarda atigi ikki marta maydonga tushgan. Shundan soʻng, Ryan John Esson 2004—2005-yillarda „Aberdeen“ klubining aksariyat oʻyinlarida qatnashdi.
Ryan John Essonning shartnoma muddati 2005—2006-yilgi mavsum oxirida tugadi va mavsum davomida 18 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u koʻproq asosiy jamoa oʻyinlarida maydonga tushishni xohlagani uchun klubni tark etishga qaror qildi. Ryan John Essonning soʻnggi oʻyini 2006-yil may oyida „Celtic“ klubiga qarshi uchrashuv boʻldi.
Shrewsbury Town
Ryan John Esson 2006-yil 30-iyun kuni „Shrewsbury Town“ klubiga tekin transfer asosida qoʻshildi.
Hereford United
2008-yilning 17-martida Ryan John Esson jarohat olgan Michael Inghamning oʻrnini qoplash uchun mavsum oxirigacha „Hereford United“ futbol klubiga qoʻshildi. Ryan John Esson mavsumning soʻnggi kunida klub safida oʻzining yagona oʻyinini „Grimsby Town“ klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Ryan John Esson 2008-yil 19-mayda „Hereford United“ klubini tark etdi.
Inverness CT
2008-yil 15-iyulda Esson „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ryan John Esson 2009—2010-yilgi mavsumda Birinchi diviziya chempionligini qoʻlga kiritgan jamoa tarkibida deyarli barcha oʻyinlarda maydonga tushgan. Ryan John Esson 2011—2012-yilgi mavsumda „Mavsumning eng yaxshi futbolchisi“ deb topildi. Ryan John Esson 2012-yilning may oyida „Inverness“ futbol klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. 2013-yil dekabr oyida Ryan John Esson „Inverness“ futbol klubi bilan yana bir shartnoma imzoladi. Bu shartnoma Ryan John Essonning klubdagi murabbiylik rolini ham oʻz ichiga olgan edi.
2018-yil boshida Ryan John Esson oʻynashdan koʻra koʻproq murabbiylik roliga eʼtibor qaratishini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org