Ryan Donato
Ryan Donato (talaffuzi: Rayan Donato) (1996-yil 9 aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Ryan Donato hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Seattle Kraken“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Ryan Donato „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHL kirish loyihasida 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinagn edi.
Oʻyin faoliyati
Dastlabki yillar
Donato Massachusetts shtatidagi Dexter maktabida xokkey oʻynay boshlagan. Shundan soʻng, Ryan Donato 2014-yilgi NHL kirish loyihasida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Professional
Boston Bruins Ryan Donato 2018-yilning 18-martida „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Ryan Donato NHLdagi debyutini oʻtkazdi. Ryan Donato NHLdagi birinchi golini "Columbus Blue Jackets' xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda (5-4 hisobida qoʻshimcha taymdagi magʻlubiyat) kiritishga muvaffaq boʻldi. Donato oʻzining pley-offdagi debyutini 2018-yilgi Stanley kubogi pley-offining 2-oʻyinida „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (7-3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.
Minnesota Wild 2019-yil 20-fevralda Ryan Donato Charlie Coyle evaziga „Minnesota Wild“ xokkey klubiga almashtirildi. Ryan Donato 21-fevral kuni „Minnesota Wild“ xokkey klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2019-yil 16-iyulda Ryan Donato „Minnesota Wild“ klubi bilan ikki yillik 3,8 million dollarlik yangi shartnoma imzoladi.
San Jose Sharks 2020-yil 5-oktabrda Ryan Donato 'Minnesota Wild" klubi tomonidan „San Jose Sharks“ klubiga sotildi. Ryan Donatoning klubdagi debyuti 2021-yilning 14-yanvar kuni „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobida g‘alaba) boʻlib oʻtdi.
Seattle Kraken 2021-yil 12-sentyabrda Ryan Donato „Seattle Kraken“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida 2021—2022-yilgi mavsum uchun bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi.
2022-yil 27-iyulda Ryan Donato „Seattle Kraken“ klubi bilan yana bir yillik 1,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org