Ryan Christie
Ryan Christie (talaffuzi: Rayan Kristi) 1995-yil 22-fevralda Shotlandiyaning Inverness shahrida tugʻilgan. Shotlandiyalik futbolchi „Bornmut“ va Shotlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati
Ryan Christie oʻz shahrining „Inverness Caledonian Thistle“ klubini tugatgan. 2013-yilning 29-dekabrida u Shotlandiya Premer-ligasidagi debyutini „Celtik“ga qarshi o‘tkazdi. „Motherwell“ga qarshi, Ryan Christie „Inverness Caledonian Thistle“ uchun birinchi golini urdi. 2015-yilda u klubga Shotlandiya kubogini yutishda yordam berdi. Oʻsha yozda Ryan Christie yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi va „Celtik“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi, ammo keyingi olti oyni „Inverness“da ijarada oʻtkazgan. 2016-yil boshida Ryan Christie „Celtik“ning toʻlaqonli futbolchisiga aylandi. 23-yanvar kuni „St Johnstone“ qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 15-may kuni „Motherwell“ga qarshi oʻyinda Ryan Christie „Celtik“ safida birinchi golini urdi.
2017-yil boshida Ryan Christie „Aberdin“ga ijaraga oʻtdi. 27-yanvar kuni u yangi jamoasi safida „Dundee“ga qarshi debyut qildi. 4-fevral kuni „Partik Thistle“ga qarshi oʻyinda Ryan Christie „Aberdin“ uchun birinchi golini urdi. Yozda uning ijara muddati uzaytirildi.
2018-yilning yozida Ryan Christie ijara muddati tugaganidan keyin „Celtik“ga qaytdi. 2019-yilda Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Renn“ va Italiyaning „Latcio“ klublariga qarshi o‘yinlarda u 3 ta gol urdi. Klub tarkibida Ryan Christie uch marta Shotlandiya chempioniga aylandi. 2021-yilning yozida Ryan Christie Angliyaning „Bornmut“ klubiga oʻtib, 3 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 1,5 mln. funt hisoblangan. U chempionatdagi debyutini „Barnsli“ga qarshi oʻtkazdi.
Xalqaro faoliyati
2017-yil 9-noyabr kuni Ryan Christie Shotlandiya terma jamoasi Gollandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi. 2019-yilning 16-noyabr kuni 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Kipr terma jamoasiga qarshi bahsda Ryan Christie milliy terma jamoadagi ilk golini urdi.
2021-yilda Ryan Christie Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chexiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Shotlandiya jamoasidagi gollari
Manbalar
uz.wikipedia.org