Ryan Broom




Ryan James Broom (talaffuzi: Rayan Jeyms Brum) (1996-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) — uelslik professional futbolchi. Ryan Broom „Cheltenham Town“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati



Bristol Rovers



Ryan Broom 2015-yilgacha „Bristol Rovers“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2015-yil avgustida klubning asosiy tarkibida Liga kubogi doirasida „Birminham City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazgan. Ryan Broom „Bristol Rovers“ futbol klubi safidagi ilk golini 2017-yil 29-avgustda „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgandi.

2016-yil 7-oktyabrda Ryan Broom bir oylik ijara shartnomasi asosida „Bath City“ futbol jamoasiga qoʻshildi. Ertasi kuni Ryan Broom klubdagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Bu oʻyinda „Bath City“ klubi „Eastbourne Borough“ futbol klubi bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

Ryan Broom 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Bristol Rovers“ futbol klubini tark etdi.

Cheltenham Town



2018-yilning 18-mayida Ryan Broom bir yillik shartnoma asosida Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga qoʻshildi. 2019-yilning 17-may kuni Ryan Broom klub bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi. Ryan Broom klubning mavsum yakunlari boʻyicha mukofotlarida uchta sovrinni qoʻlga kiritdi. Ryan Broom Mira Showers tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi, Norwegian Robins tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Peterborough United



2020-yil 24-avgustda Ryan Broom nomaʼlum toʻlov evaziga „Peterborough United“ futbol klubiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshildi. 2020-yil 5-sentyabrda Ryan Broom oʻzining „Peterborough United“ futbol klubidagi debyut oʻyinini sobiq klubi „Cheltenham“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi.

Burton Albion (ijara)
2021-yil 1-fevralda Ryan Broom 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismida ijara asosida Birinchi liga vakili „Burton Albion“ futbol klubiga qoʻshildi.

Plymouth Argyle (ijara)
2021-yil 29-iyulda Ryan Broom 2021—2022-yilgi mavsum uchun ijara asosida Birinchi Liga vakili „Plymouth Argyle“ futbol jamoasiga qoʻshildi.

Cheltenham Town



2022-yil 1-sentyabrda Ryan Broom Birinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubiga qaytib, bir yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz