Ryabichev Dmitriy Borisovich




Dmitriy Borisovich Ryabichev (1926.1.9, Malin, Ukraina — 1995.25.4) — haykaltarosh, Oʻzbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. Leningrad muhandislik qurilishi instituti (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurti (1954) ni tugatgan. Asosan haykaltaroshlikning monumental yodgorlik sohasida ijod qiladi, asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulugʻvorlikka erishgan: "Vladimir shahrining 850 yilligi" (bronza, 1959, Vladimir shahrida), "Oybek" (granit, 1971, Toshkent), "Jasorat" (bronza, granit, 1976, Toshkent), "Xalqlar Doʻstligi" (bronza, granit, 1982, Toshkent) va boshqa monument va yodgorlik haykallarning muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz