Ruzvelt Teodor




Theodore Roosevelt Jr. (talaffuzi: Teodor Ruzvelt kichik; 27-oktabr 1858-yil — 6-yanvar 1919-yil) amerikalik siyosatchi, davlat arbobi, tabiatshunos, tarixchi va yozuvchi boʻlib, 1901-yildan to 1909-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 26-prezidenti vazifasini bajargandir. Bungacha, 1899-yildan 1900-yilga qadar New York shtatining 33-gubernatori, 1901-yilning martidan sentyabriga qadar esa vitse-prezident (William McKinley prezidentligi davrida) lavozimlarida faoliyat yuritgan. McKinleyga suiqasd qilingani ortidan prezidentlik lavozimiga kelgan Roosevelt Respublikachilar partiyasi lideri oʻlaroq maydonga chiqdi hamda monopoliyachilarga qarshi kurashda shiddatli kuchga aylandi.

Roosevelt bolaligida juda nimjon boʻlgan. Astma kasalligi bilan ogʻringan. Biroq, u bunday mashaqqatli hayot tarzini ishtiyoq bilan qabul qilishi ortidan sogʻligi bilan bogʻliq muammolarni qisman yengdi. U sogʻligi bilan bogʻliq muammolar tufayli uyda taʼlim olishga majbur boʻlgan va koʻp vaqtini hobbisi boʻlgan tabiatshunoslikka sarflagan. 1876-yili Harvard universitetiga oʻqishga kirdi. Qalamiga mansub The Naval War of 1812 (1882) kitobi unga oʻqimishli tarixchi va mashhur yozuvchi oʻlaroq obroʻ-eʼtibor keltirdi. Siyosatga kiishi zahoti New York shtati legislaturasida Respublikachilarning islohot fraksiyasi lideri boʻldi. Uning rafiqasi va onasi bir kechada vafot etishdi va buning ortidan Roosevelt ruhiy jihatdan tushkunlikka tushib qoldi. U keyinchalik Dakotasda chorva ranchosini sotib olib, uni yuritadi. U prezident William McKinley davrida harbiy dengiz flotida yordamchi kotib oʻlaroq xizmat qildi hamda 1898-yilda juda muvaffaqiyatli boʻlgan Ispaniyaga qarshi dengiz urushini rejalashtirishda yordam bergan. U Kubada ispanlar armiyasiga qarshi kurash olib borgan „Rough Riders“ birligini shakllantirish va unga yetakchilik qilishda koʻmak berish maqsadida amalda egallab turgan lavozimini tark etadi. Urush qahramoni boʻlib qaytgach, 1898-yili New York shtati gubernatori etib saylandi. New York shtat partiyasi rahbariyati uning ulkan agendasini xushlamadi va McKinleyni 1900-yilgi prezidentlik saylovlarida yordamchisi boʻlib qatnashishiga ishontirdi. McKinley va Roosevelt bu saylovda gʻalaba qozonishdi.

Manbalar




Bibliografiya




Havolalar




Rasmiy




Media




Boshqa





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz