Ruxi Annayev
Ruxi Guseynovich Annayev (11-yanvar 1911-yil Samarqand – 1977-yil 7-iyul) – sovet fizigi, magnitlanish va metallar fizikasi sohasidagi koʻzga koʻringan olim. Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1951), 1956–1959-yillarda uning vitse-prezidenti.
Hayoti
Annayev 1911-yil 11-yanvarda Samarqandda tugʻilgan. Moskva davlat universitetining fizika fakultetini muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng (1936) magnitizm kafedrasida ishlashni davom ettirgan. 1941-yilning fevralida muddatidan oldin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Annayev 1949-yil iyun oyida „Binar qotishmalarda atomlarning joylashish darajasiga qarab magnit-elektr hodisalarini tadqiq qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng Turkmaniston KP (b) Markaziy Qoʻmitasidan taklif olgan. Oʻsha paytda R. G. Annayev Turkmanistonda birinchi fan doktori boʻlgan.
Uning yuqori strukturali qotishmalardagi magnitelektrik hodisalarni oʻrganish natijalari sanoatda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Samarali ilmiy faoliyati davomida 15 ixtiro, 200 dan ortiq ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Ulardan biri: „Ferromagnit metallar va qotishmalardagi magnit-elektrik hodisalar“ (1952) monografiyasidir.
R. G. Annayevning tashkilotchi sifatida ilmiy doiradagi faoliyati rang-barangdir. 1949-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filiali hisoblangan Fizika-texnika institutini ochilishida bosh qosh boʻlgan. 1949–1951-yillarda shu institut direktori lavozimida ishlagan. 1951–1953-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Fizika va geofizika instituti direktori. 1950-yilda Turkman universiteti tashkil topganidan beri R. G. Annayev fizika-matematika fakulteti, keyin esa fizika fakulteti professori boʻlib ishlagan. Uning rahbarligida qattiq jismlar fizikasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari ochilgan, 1963-yilda Nazariy va eksperimental fizika (TEF) kafedrasi ochilishiga bosh boʻlgan.
R. G. Annayev taniqli jamoat arbobi: 1956–1959-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi partiya byurosi aʼzosi; 1960–1963-yillarda – Turkmaniston qishloq xoʻjaligi instituti partiya byurosi aʼzosi; 1963–1967-yillarda – Turkman davlat universitetining fizika-matematika, soʻngra fizika fakulteti partiya byurosi aʼzosi; 1956–1959-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi qoshidagi siyosiy va ilmiy jamiyati guruhiga rahbarlik qilgan; 1957-yilda Turkmaniston Kommunistik partiyasining XIV qurultoyiga delegat etib saylangan.
R. G. Annayev Metallurgiya instituti bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org