Ruud Vormer




Rudy Willem „Ruud“ Vormer (talaffuzi: Rudi Villem (Ryd) Vormer; 1988-yil 11-mayda Niderlandiyaning Horn shahrida tugʻilgan) gollandiyalik futbolchi, „Brugge“ futbol klubi va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati




Vormer „AZ“ futbol klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2005-yilda u Erediviziya jamoasida debyut qilgan. Oʻzining birinchi mavsumida Vormer Gollandiya kubogining finalchisi boʻlgan. Ryud har doim ham jamoaning oʻyinlarga bormasdi, shuning uchun 2008-yilda u jamoani tark etdi va „Roda“ futbol klubiga qoʻshildi. 30-avgust kuni „Tvente“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Vormer yangi klubida debyut qildi. 2009-yil 13-dekabrda „Villem II“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem „Roda“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi.

2012-yilning yozida, „Roda“ futbol klubi safidagi muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, Vormer „Feyenoord“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 12-avgust kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 1-sentabr kuni o‘zining sobiq jamoasi „Roda“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem „Feyenoord“ futbol klubi safidagi ilk golini urib, penaltini aniq amalga oshirdi. 2014-yilda u klubga chempionatning kumush medalini qoʻlga kiritishda yordam bergan.

Mavsum oxirida Vormer Niderlandiyadan qoʻshni Belgiyaga joʻnab ketdi va „Brugge“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 14-sentabr kuni „Genk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qildi. 22-noyabr kuni „Waasland Beveren“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Rudy Willem Belgiya jamoasi safida ilk golini urdi. 6-noyabr kuni Yevropa ligasi doirasida Daniyaning „Copenhagen“ jamoasiga qarshi oʻyinda Vormer oʻzining birinchi xalqaro turnirdagi golini urdi . „Brugge“ futbol klubidagi birinchi mavsumida Rudy Willem Belgiya kubogini qoʻlga kiritdi va bir yildan soʻng mamlakat chempioni boʻldi. 2018-yilda u ikkinchi marta Belgiya chempionligini qoʻlga kiritdi. 2018-yilning 6-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Fransiyaning „Monaco“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi.

Xalqaro faoliyati



2018-yilning 31-may kuni Slovakiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinning ikkinchi bo‘limida Donni van de Bek o‘rniga maydonga tushdi va Vormer Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz