Ruud van Nistelrooy




Ryutgeryus Yoxannes Martinius van Nistelroy (niderlandcha: Rutgerus Johannes Martinius van Nistelrooij; 1-iyul 1976, Oss, Gollandiya), Rud van Nistelroy nomi bilan mashxur(niderlandcha: Ruud van Nistelrooij) — sobiq golland futbolchisi, hujumchi. FIFA 100 roʻyxatiga kirgan buyuk futbolchilardan biri. Gollandiya, Angliya va Ispaniya chempionatlarida bombardir boʻlishga erishgan. Yuqoridagi uchta mamlakat chempioni unvoniga ham sazovor boʻlgan. Futbol Tarixi va Statistikasi Federatsiyasi tomonidan tuzilgan 2001-yildan 2010-yilgacha boʻlgan muddatdagi dunyoning eng yaxshi bombardirlari reytingida Ruud birinchi oʻrinni egallagan.

2012-yil 14-mayda Ruud „Malaga“ bilan yangi shartnoma tuzish taklifiga rad javobini berib, futboldagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi
.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz