Rutul tili




Rutul tili ( rut. Мыха́Ӏбишды чӀал) — rutullar soʻzlashadigan til. Nax-dogʻiston tillarining lezgin guruhiga kiradi. Rossiyada rutul tilida soʻzlashuvchilar soni - 30,360 kishini tashkil etadi (2010). Dogʻistonning Rutul mintaqasida, shuningdek baʼzi qishloqlarda (Kaynar (Gaynar), Xirsa, Oq-Bulax, Dashyuz, Shin, Shorsu va boshqalarda tarqalgan). Ozarbayjonning Sheki va Kax viloyatlarida soʻzlashuvchilar mavjud.

„МыхаӀбишды цӀинды хабарбыр“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi rutul tilida nashr etiladi, har kuni Maxachqalada 30 daqiqalik radio dastur, oyiga bir marta Dogʻistonda Rutul tilida dastur efirga uzatiladi.

Rutul tili Dogʻistonning davlat tillaridan biri hisoblanadi.

Yozuv



Inqilobdan oldin rutullar arab yozuvidan foydalanganlar. Arab yozuvida XVIII asrda ash Raj Korut Rajabning rutul tili Ixrek shevasidagi qoʻshiq matni yozma manba sifatida tanilgan. Kirill alifbosiga asoslangan zamonaviy Rutul alifbosi 1990-yilda kiritilgan. Rutul yozuvining asoschilari va kirill alifbosiga asoslangan rutul alifbosini tuzuvchilar G. X. Ibragimov, S. M. Maxmudova, K. E. Jamolovdir. 1992-yilda professor Maxmudova S.M. va Jamalov K.E 1-sinf oʻquvchilari uchun rutul tilida darslik - „Alifba: 1-sinf kitobi“ni tayyorlashgan. Ushbu nashrda, ilgari qabul qilingan alifbodan tashqari, Дз дз digrafi ham kiritilgan.

Zamonaviy Rutul alifbosi:

Lahjalari



Rutul tili 5 lahjadan tashkil topgan: Muxad (shu jumladan Luchek lahjasi) - rutul adabiy tilining asosiy lahjasi, Shinaz, Muxrek, Ixrek va Borchin-Xnov. Ixrek va Borchin-Xnov rutul tilining janubi-gʻarbiy lahjasini tashkil qiladi. Muxad, Shinaz va Muxrek sharqiy shevani tashkil qiladi. Tizimli va tuzilish xususiyatlari jihatidan janubi-gʻarbiy lahja Saxur tiliga, sharqiy sheva budux va kriz tillariga yaqin. Baʼzi shevalarda muxad shevasida boʻlmagan ЭӀ fonemasi mavjud, shuning uchun u adabiy rutul tili alifbosida berilmagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz