Rustem Skibin




Rustem Vladimirovich Skibin (ukraincha: :Рустем Володимирович Скибін, qrim-tatarcha: Rustem Vladimir oğlu Skibin, 1976-yil 6-aprel, Samarqand) – asli qrim-tatarlaridan boʻlgan ukrainalik keramik rassom va kulol. Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq ijodiyoti ustasi (2020). Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi.

Hayoti



Rustem Skibin 1976-yil 6-aprelda Samarqand shahrida tugʻilgan. Otasining kelib chiqishi yarim ukrainalik, yarim nemis hisoblanadi. Onasi esa qrim-tatar.

1991-yilda A.Abdurasulov nomidagi Samarqand sanʼat bilim yurtiga oʻqishga kirgan. Samarqand sanʼat bilim yurtida oʻqib yurgan kezlari ijodiy safar bilan Qrimga tashrif buyurgan. U 1996-yilda kollejni rassom-oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, shundan soʻng Qrimga koʻchib oʻtgan.

1996-yildan 2000-yilgacha Simferopoldagi Tavrika kulolchilik korxonasida bosh rassom boʻlgan. 2000-yildan Qrim-tatar rassomlari uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

2000-yilda Simferopol tumani Akropolis qishlogʻida „El-Cheber“ („Ustalar mamlakati“ deb tarjima qilingan) studiyasiga asos solgan. Ushbu studiya 2015-yilda jamoat tashkiloti sifatida roʻyxatga olingan. Mamut Churlu tomonidan toʻplangan Qrim tatarlarining kashtachiligidan bezaklar toʻplamiga asoslanib, u sopol buyumlarni polixromli boʻyash uslubini yaratdi. Uning asosiy asarlari sopol idishlar va laganlardir. Bundan tashqari, usta qandil lampalar, favvoralar, bezak pannolari va cholgʻu asboblarini yasaydi. 2004-yildan beri u „Qrim uslubi“ loyihasining ishtirokchisi, „Chatyr-Dag“ ijodiy uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.

Rustem Skibin 2005-yilda Ukraina xalq ijodiyoti ustalari milliy uyushmasi aʼzoligiga nomzod boʻldi. 2005-yildan boshlab Boqchasaroydagi „Chelmekchilar“ bolalar studiyasida dars bergan. 2007-yilda Simferopolda „Cheber-Eli“ (mohir qoʻllar) ijodiy ustaxonasini ochdi.

Simferopoldagi Yevromaydon namoyishlari ishtirokchisi. 2014-yil 2-martda Qrimning Rossiyaga qoʻshilishi paytida u oilasi bilan Kiyevga koʻchib oʻtdi va u yerda bir yildan soʻng ijodiy ustaxona ochishga muvaffaq boʻldi. Ukraina poytaxtiga joylashgach „Kiyev shahridagi Qrim-tatarlar jamiyati“ faoliyatida qatnasha boshladi. Ushbu qoʻmitada madaniy rivojlanish qoʻmitasini boshqargan (2014-yildan). Rustem Skibin QrimSOS loyihasining koʻngilli ishtirokchisi hisoblanadi.

2021-yilda Ukraina moda haftaligida Rustem Skibin dizayner Polina Veller bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qrim-tatar bezaklari bilan liboslar kolleksiyasi taqdim etildi.

Mukofotlar va unvonlar



Rustem Skibin 2020-yil 21 avgustda Ukrainaning davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va maʼrifiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi, muhim mehnat yutuqlari va yuqori professionalligi uchun „Ukrainada xizmat koʻrsatgan xalq sanʼati ustasi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz