Rustem Seitmemetov




Rustem Abduramanovich Seitmemetov (1973-yil 28-mart; Charxin, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — jamoat arbobi. Millati — qrim-tatar. Rossiya tomonidan ishgʻol qilingan Qrim hokimiyati tomonidan taʼqib qilingan.

Hayoti



Seitmemetov Rustem Abduramanovich 1973-yil 28-martda Samarqand viloyatining Charxin qishlogʻida tugʻilgan, I.Stalin buyrugʻi bilan amalga oshirilgan qrim-tatarlar deportatsiyasidan keyin ota-onasi Samarqandda yashagan.

1988-yilda Rustem Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi 55-sonli oʻrta maktabni tamomlagan. 1991-yilda Samarqand shahar pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni 1997-yilda tamomlagan. Institutni tugatgandan soʻng, u ikki yil maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Undan soʻng biroz muddat Portugaliyada, „Sanitana“ keramik lavabolar ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. 2006-yildan boshlab Rustem Seitmemetov Qrimda doimiy yashab, qurilishda ishchi boʻlib ishlagan.

Taʼqib



2020-yil 11-mart kuni FSB xodimlari Baxchisaroy tumanida keng koʻlamli reydlar oʻtkazdi. Seytumerovlar oilasida aka-uka Seytumer va Usmon Seytumerovlar hamda ularning amakisi Rustem Seitmemetovlar uyi ham tintuv qilindi. Qarindoshlarning barchasi bir kunda hibsga olingan. 12-mart kuni Simferopolning Kiyev tuman sudi Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan Hizb ut-Tahrir siyosiy tashkilotida ishtirok etganlikda gumon qilinganligi sababli ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.5-moddaning 2-qismi „Terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish“). Faollarni 20 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.

Rustem Seitmemetovning rafiqasi advokatiga kvartirani tintuv qilish chogʻida FSB xodimlari u yerga kitob tashlab qoʻyishganini maʼlum qildi.

Oilasi



Rustem Seitmemetov uylangan, oilali. Xotini- Zera; ikki voyaga yetmagan qizi – Bahiye va Beyan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz