Rustamov Abdujabbor
Rustamov Abdujabbor — 1869-yili tug‘ilgan, o‘zbek, Urgut rayoni Mo‘minobod qishloq soveti Kulbadigar qishlog‘idan, yirik boyning o‘g‘li, quloqqa tortilgan, davlat majburiyatini topshirmagani uchun sudlangan, 3 yil ozodliqdan mahrum qilingan. Doimiy ravishda targ‘ibot olib borgan, bo‘lajak urush haqida bo‘hton gaplar tarqatgan, sovet hokimiyati bilan uyushgan holda kurashga chaqirgan, buning uchun bosmachilar to‘dasi tashkil etilishi lozim, deb hisoblab ocharchilik haqida ig‘vo tarqatgan, kolxozchilarni zayomga yozilmaslikka da’vat etgan, degan, ya’ni UzSSR Jinoyat Kodeksining 66-moddasi, 1-qismi bilan ayblangan. 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, qamoq muddati 1937-yil 23-iyuldan
(ya’ni hibsga olingan kundan) boshlab hisoblangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org